Mahalla raisi saylovida tuman rahbarlari qatnashdi

Shu kunlarda Urgut tumanidagi 102 mahallada fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

Tumanning Pochvon mahallasida o‘tkazilgan saylovda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish tuman kengashi raisi M.Turdiyev va kengash raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Aliyev ham ishtirok etdi. Ular bu galgi saylovning o‘tgan yil qabul qilingan «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida»gi qonun asosida o‘tkazilayotgani, avvalgilardan farqli jihatlari hamda bugungi kunda mahalla fuqarolar yig‘inlari oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, mahallaning 272 nafar vakillari fuqarolar yig‘ini raisligiga nomzodi qo‘yilgan ikki nafar mahalladoshlari orasidan eng munosibini oqsoqollikka sayladilar. Pochvon mahalla fuqarolar yig‘ini raisi vazifasida ishlab kelayotgan Vasliddin Jo‘rayev eng ko‘p ovoz olib, navbatdagi muddatga raislikka saylandi.

J.NABIYeV.