Makron partiyasi Fransiyadagi saylovlarda yutqazdi
Fransiyada mintaqaviy saylovlar yakunlandi. Hech qanday siyosiy larza yuz bermagan bo‘lsa-da, ammo saylovchilar soni eng past ko‘rsatkich bilan chiqdi.
Kecha, 27 iyun kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi turda fransuzlarning taxminan 2/3 qismi ovoz berish huquqidan foydalanishmadi.
Natijalarga ko‘ra, qayta saylangan barcha kengash rahbarlari - ham huquqiy, ham chap qanot nomzodlari o‘z mandatlarini saqlab qolishdi.
Prezident Emmanuel Makronning "Oldinga, respublika!" partiyasi keyingi olti yilda 13 mintaqaning birortasini boshqarmaydi. Gap shundaki, markazchilar umummilliy darajada taxminan 10 foiz ovoz olishgan, xolos.
Umuman olganda, chap qanot kuchlari bloki – sotsialist va yashillar muvaffaqiyatli harakat qilishdi. Ularni saylovchilarning uchdan bir qismi qo‘llab-quvvatladi.
Saylov natijalariga ko‘ra, respublikachilarning soni taxminan bir xil. O‘ng markazchilar «Provans-Alpi-Lazurniy bereg» mintaqasida g‘oliblikni nishonlamoqda. Marin Le Pen boshchiligidagi o‘ta o‘ng qanotlar katta umid bog‘lagan edi. Ammo, prognozlardan farqli o‘laroq, "Milliy assotsiatsiya" mamlakatda 20 foizdan ziyodroq ovozga ega bo‘lib, biron bir hudud ustidan nazoratni qo‘lga kiritmadi.