Maktab bitiruvchilari uchun kasbga yo‘naltirish tizimi yaratiladi

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o‘rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun «Kasbga yo‘naltirish tizimi» joriy etiladi;

7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazilib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi aniqlanadi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratiladi;

7-sinf o‘quvchilari uchun har oyda bir marta «Kasblar olamiga sayohat» mavzusida maxsus kurslar,  8-sinf o‘quvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba «Mening kelajakdagi kasbim» mavzusida seminar-treninglar olib boriladi;

9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlari olib boriladi;

tizimning afzalligi — o‘quvchilar tizimli ravishda kasb-hunarga yo‘naltirilib boriladi, ongli ravishda kasb tanlashga va to‘g‘ri tanlashga erishiladi.

Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedogogik-psixologik respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig‘i Hayot Foziljonov ma’lumot berdi.