Maktab direktorining kechki payt yig‘ilish o‘tkazganiga izoh berildi
- 20.11.2019 17:39
- 405
- Ta’lim
Bundan esa ko‘pchilik o‘qituvchilar norozi bo‘layotgani aytilgan. Mazkur holat bo‘yicha Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi izoh berdi:
"28-umumta’lim maktabi 964 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 1135 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Darslar 2 navbatda tashkil etilgan va 64 nafar pedagog ishlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Davlat ta’lim standartlariga ko‘ra, vaqtga muvofiq maktabda dars soatlari belgilangan. Maktabda ta’lim sifati, samaradorligi hamda ish rejasidagi masalalarni pedagogik jamoa bilan muhokama qilish talab etiladi va bu ishlar darslardan so‘ng olib boriladi. Agar shu kabi yig‘ilishlar oldinroq o‘tkazilib, o‘qituvchilar jalb qilinsa, belgilangan dars soatlarini o‘tishning imkoni bo‘lmaydi.
Darvoqe, oilaviy sharoiti tushuntirilib, javob so‘raganlar kengashda ishtirok etishdan ozod etiladi", deyilgan boshqarma xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 34 daqiqa avval
- Dolzarb