Maktab o‘quvchilariga qurolli hujum uyushtirildi, halok bo‘lgan va yaralanganlar bor

Yaponiyada pichoq bilan qurollangan shaxs bekatlardan birida maktab avtobusini kutib turgan o‘quvchilarga va boshqa odamlarga pichoq bilan tashlangan va ularning aksariyatini yaralagan.

Yaralanganlar soni 20 nafardan ortiq. Ulardan 13 nafari esa 6-7 yoshli maktab o‘quvchilari bo‘lgan. Mahalliy OAV yaralangan ikki kishi kasalxonada vafot etgani, ulardan biri maktab o‘quvchisi ekani haqida xabar tarqatdi.

Voqea ertalab soat 07:45 da Kavasaki shahri yaqinidagi Naborito aholi punkti avtobus bekatida sodir bo‘lgan.

Jinoyatchi qo‘lga olingan. Politsiya ofitserining guvohlik berishicha, u qo‘lga olish mobaynida qarshilik ko‘rsatgan va so‘ng pichoqni o‘ziga urgan va hushidan ketgan. Voqea joyidan ikkita pichoq topilgan.