Maktab yangi sinfxonalar hisobiga kengaydi

Jomboy tumanidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 200 o‘quvchi o‘rniga ega edi. Vaholanki, Sarchashma mahallasining uchta katta qishlog‘ida yashovchi o‘smir-yoshlar tahsil olardi. Natijada maktab torlik qilardi.

Joriy o‘quv yilida maktab uchun 12 ta qo‘shimcha sinfxona foydalanishga topshirildi va qo‘shimcha 210 o‘quvchini o‘z bag‘riga oldi.

Shuningdek, ko‘rkam sport zali va faollar zali ham qurildi.

Tumandagi "Munisaxon" MChJ qurilish korxonasi tomonidan 3,4 milliard so‘m evaziga bunyod etilgan maktabning ochilish marosimida Jomboy tumani hokimi Q.Sobirov ishtirok etdi.

Hulkar Qӯshboqova.