Maktablar qo‘shimcha binolarga muhtoj
Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov rahbarligida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Samarqand shahri, Samarqand, Past Darg‘om, Payariq tumanlari aholisi murojaat va takliflarini davlat idoralari, vazirlik, viloyat tashkilotlari vakillari eshitib, bildirilgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Jumladan, fuqarolarning xalq ta’limi tizimi, sohadagi mavjud kamchiliklarga oid murojaatlarini Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari I.Jo‘rayev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Usmonov qabul qildi.
Murojaatlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qo‘shimcha binolar qurish, ta’lim muassasalariga ishga joylashishga doir masalalar aks etdi. Fuqarolarga ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ko‘zda tutilgan rejalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, muammolarning aksariyati shu yerning o‘zida hal qilindi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.