Mansur Asadov yasagan yog‘och o‘ymakorligi mahsulotlari bejiz Gada Qaddumiy xonimni hayratlantirmagan
Avval xabar qilganimizdek, Samarqandda hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirishga bag‘ishlangan press-tur o‘tkazilmoqda.
Tadbirning ikkinchi kuni Samarqand shahridagi Bunyodkor mahallasida faoliyat yuritayotgan yog‘och o‘ymakori Mansur Asadov ustaxonasidagi ish jarayonlar bilan tanishishdan boshlandi.
Bu yerda oddiy yog‘ochdan noyob va go‘zal buyumlar yaratib, ularga “jon” bag‘ishlayotgan hunarmand va «Usta-shogird» an’anasi asosida ushbu hunar sirlarini o‘rganayotgan yoshlar ishi ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi.
Ular Mansur Asadov yasagan ayvon, xontaxta, eshik kabi yog‘och o‘ymakorligi mahsulotlari o‘tgan yili Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalida Jahon hunarmandlar kengashining Osiyo – Tinch okeani mintaqasi prezidenti Gada Hijobiy Qaddumiy xonimni hayratlantirgani bejiz emasligiga amin bo‘lishdi.
Husan ELTOYeV.