Mardikor bozori bo‘lmaydi
- 31.05.2019 10:26
- 1359
- Samarqand
Samarqand shahar S.Ayniy ko‘chasida joylargan viloyat “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining bino va inshootlari yer maydoni bilan birga Samarqand shahar hokimligi balansiga o‘tkaziladi va bu yerda mehnat bozori tashkil etiladi. Bu vazifa O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilish bayonida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda shahardagi S.Ayniy ko‘chasida kishilar vaqtinchalik ish bilan band bo‘lishi uchun chiqadigan mardikor bozori mavjud. Bu joydagi tartibsizlik, transport vositalari o‘tishiga noqulaylik ancha vaqtdan buyon aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Teglar:
mardikor bozori
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa