Marhum jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetovning oilasiga yordam ko‘rsatildi
- 14.11.2019 17:50
- 244
- Jamiyat
Kecha, 13 noyabr kuni Agentlikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida marhum jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetovning professional faoliyati, kamtarona va xokisor hayoti yodga olib o‘tilgan edi. Agentlik rahbari Komil Allamjonov marhumning oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish masalasida tashabbus bildirgandi.
Bugun Agentlik xodimlari ayni shu masala bo‘yicha Xorazm viloyatida bo‘ldi. Davlatnazar Ro‘zmetovning oila a’zolariga Agentlik tomonidan o‘quv qurollari, badiiy adabiyotlar hamda moliyaviy mablag‘ taqdim etildi.