«Marixuana operatsiyasi» oxiriga yetmadi

Tadbir davomida shu yerlik aka-uka A.J. va X.J. xaridorga qora sellofan paketga o‘ralgan “marixuana” giyohvandlik vositasini o‘zlariga tegishli “FURI” nomli elektron tarozida o‘lchayotib, taxminan 200,0 gramm ekanligini ko‘rsatayotgan va 4 000 000 so‘mga sotishga kelishgan vaqtida ushlandi.

Shundan so‘ng fuqaro A. J. va X.J. bergan ko‘rsatmalarga aniqlik kiritish maqsadida, ularning yashash xonadonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Bu jarayonda ularning uylaridan taxminan 75,78 gramm quruq holdagi yashil rangli  “marixuana” va taxminan 3,02 gramm atrofidagi o‘ziga xos hidli “marixuana” giyohvandlik vositasiga o‘xshash urug‘lar borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyat IIB EKBning ekspert ma’lumotnomasiga ko‘ra, bu fuqarolardan daliliy ashyo sifatidan olingan moddaning sof og‘irligi 273,68 grammni tashkil etib, ushbu modda quritilgan holdagi “marixuana” giyohvandlik moddasi va 3,02 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasining urug‘lari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.