“Samarqand” YPX maskanida 22 yoshli yigitning cho‘ntagidan 42 gramm “marixuana” chiqdi

Joriy yilning 8 oktyabr kuni soat 16:45 larda Karmana tumani “Samarqand” muntazam YPX maskanida, “Samarqand-Navoiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan “Malibu” avtomashinasida yo‘lovchi sifatida kelayotgan, vaqtincha ishsiz, Toshkent shahar, Chilonzor tumanida yashovchi 22 yoshli B.S. gumonlanib tekshirildi.

Uning egnida bo‘lgan qora rangli shimining orqa o‘ng cho‘ntagidan 1 dona oq rangli polietilen paketga o‘ralgan, og‘irligi 42,63 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu haqda IIV JQBB giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.