Markaziy harbiy okrugda kuchishlatar tizimlarning hamkorlikdagi o‘quvi o‘tkazildi
25-26 iyun kunlari Markaziy harbiy okrugidagi Kuchishlatar tizimlar hamkorligida Jizzax va Samarqand viloyatining tog‘li, chegara oldi hududida keng masshtabdagi qo‘mondon shtab o‘quvi o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu hamkorlikdagi amaliy mashg‘ulotlarda Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev rahbarlik qildi.
Bir guruh terrorchilar Jizzax viloyatining chegara rayonidan o‘tib, Zomin dam olish maskani tomon harakatlandi. DXX Chegara qo‘shinlari, harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari hamkorligidagi maxsus bo‘linmalar tezkorlik bilan shartli dushman joylashgan hududni blokirovka qildi. Yo‘llarga blokpost qo‘yildi. Noqonuniy qurollangan kimsalarga keskin zarba berilib, asirlar qutqarildi.
Mazkur ko‘rgazmali mashg‘ulot Bulung‘ur tumanidagi chegara hududida ham o‘tkazildi.