Maxachqal’adagi portlashda o‘zbekistonlik ham halok bo‘lgani aytildi

Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi avtoservis binosida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Portlashda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi ham vafot etgan. Bu haqda “Mash” Telegram-kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgacha portlashda halok bo‘lganlardan faqat yetti nafarining shaxsi aniqlangan. Ular orasida 5 yoshli qizaloq va 10 yoshli o‘g‘il bola bor.
“Mash”ga ko‘ra, portlashda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi ham halok bo‘lgan. U 1990 yilda tug‘ilgan N.R. ekani keltirilgan. Mutaxassislar vayronalar ostidan jasad parchalarini topishda davom etmoqda. Qurbonlarning yakuniy soni hozircha aniq emas.
O‘zbekistonda hozircha bu haqda tegishli tashkilotlar tomonidan ma’lumot berilgani yo‘q.