"Maxluq-raketa": Shimoliy Koreya chorshanba kuni yadroviy bombani sinovdan o‘tkazishi mumkinligi aytilmoqda

 Kim Chen Inga bu nima uchun kerak va AQSh bunga qanday javob beradi?

Janubiy Koreyaning Ikki Koreyani birlashtirish bo‘yicha vaziri Kvon Yen Se KXDR va Koreya Respublikasi o‘rtasida urush (1950-1953) tugagan sana — 27 iyulda shimolliklar yadro sinovi o‘tkazishi mumkinligini istisno etmayapti. “Menimcha, bunday ehtimol bor”, deya vazirning so‘zlarini keltiradi  "Renxap" agentligi.

Janubiy Koreya va AQSh razvedka hamjamiyatlari ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda KXDR Pungeri poligonida navbatdagi yer osti yadroviy sinoviga barcha tayyorgarlikni yakunlagan.

Jahon hamjamiyatining butun diqqat-e’tibori sayyoramizning boshqa bir qismida, Ukrainadagi janglarga qaratilgan bir paytda, Shimoliy Koreya o‘zining yadroviy raketa dasturini yangi kuch bilan rivojlantirishga kirishdi. Yil boshidan buyon KXDR o‘nlab raketalarni sinovdan o‘tkazdi va yadro poligonini tiklay boshladi. Vashington va Seul xavotirda: Pxenyan istalgan vaqtda yettinchi va 2017 yildan beri birinchi yadro sinovini o‘tkazishi mumkin.

Yangi sanksiyalar tahdidi shimoliy koreyaliklarni to‘xtata oladimi? KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘z bombalari bilan dunyoga nimani isbotlashga urinyapti?

Субмарина ВМС США USS Michigan в Пусане, Южная Корея. 2017 год

Yangi rekordlar:

«2022 yilning birinchi olti oyida KXDR 31 raketa uchirgan»

 8 iyun kuni AQShning Shimoliy Koreya bo‘yicha maxsus vakili Sung Kim jamoatchilikka o‘ta noxush prognozlar bilan o‘rtoqlashdi: aftidan, Pxenyan yadro qurolini sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlikni yakunlagan – bu har qanday vaqtda sodir bo‘lishi mumkin. Seul uning gumonlariga qo‘shildi. Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Pak Jinning so‘zlariga ko‘ra, KXDRning navbatdagi yadro sinovidan faqat uning yetakchisi Kim Chen Inning siyosiy qarori ajratib turibdi. 5 iyun kuni Shimoliy Koreya Yapon dengiziga birdaniga sakkizta qisqa masofali raketa uchirib, rekordni yangiladi va AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya «yuragi»ga g‘ulg‘ula soldi. Joriy yil davomida Shimoliy Koreya harbiylari 2019 yilga nisbatan ko‘proq raketa uchirdi.

Shimoliy Koreya yadro qurolini oxirgi marta 2017 yilda AQSh bilan keskinlik cho‘qqisida sinovdan o‘tkazgan edi. O‘shanda vaziyat shu qadar keskinlashdiki, jurnalist va kuzatuvchilar ikki davlat o‘rtasida bo‘lajak harbiy mojaro haqida gapira boshlashdi. O‘sha paytdagi AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaning tez-tez raketa sinovlari o‘tkazayotganini masxara qilib, Kim Chen Inni “raketa odam” deb atadi, Shimoliy Koreyaning yosh yetakchisi esa “o‘zini yo‘qotgan chol”ga Tinch okeanidagi Guam orolida joylashgan Amerika harbiy bazasiga zarba berish bilan tahdid qildi.

Экс-президент США Дональд Трамп и лидер КНДР Ким Чен Ын в демилитаризованной зоне

Biroq, 2018 yilda ikki «g‘alati lider» muloqotga kirishishga qaror qilib, aprel oyida Singapur tarixda birinchi marta Shimoliy Koreya-AQSh sammitiga mezbonlik qildi. Uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tdi: Shimoliy Koreya rahbari ixtiyoriy ravishda yadro sinovlari va qit’alararo ballistik raketalarni (QBR) uchirishdan voz kechdi. Oradan bir yil o‘tib, 2019 yilning fevralida Kim va Tramp ikkinchi marta uchrashdi, biroq muzokaralar natija bermadi va yetakchilar kerakli kelishuvga erishmasdan tarqalishdi.

Amerika prezidenti Shimoliy koreyalik do‘stini ko‘nglini ko‘tarishga urindi. Muvaffaqiyatsiz sammitdan bir necha oy o‘tib Tramp o‘z-o‘zidan ikki Koreya chegarasiga yo‘l oldi: demarkatsiya (belgilar bo‘yicha chegaralarni belgilash) chizig‘idan o‘tib, bir necha daqiqaga bo‘lsa-da, u KXDRga rasman tashrif buyurgan birinchi Amerika prezidentiga aylandi.

Kim Trampning ramziy ishorasini yuqori baholadi va muzokaralar jarayonidan norozi bo‘lishiga qaramay, garchi o‘sha paytda rekord darajada 25 ta raketa uchirgan bo‘lsa-da, yadroviy qurol va QBR sinovlariga moratoriyni kuzatishda davom etdi. Koronavirus pandemiyasi Vashington va Pxenyanni shusiz ham boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muzokaralarni to‘xtatdi va Jo Baydenning hukumat tepasiga ko‘tarilishi Tramp erishgan barcha yutuqlarni yo‘qqa chiqardi.

Oq uyning yangi egasining “yadroviy quroldan voz keching yoki hech qanaqa muzokaralar bo‘lmaydi” degan ultimatum ritorikasi Shimoliy Koreyani ilhomlantirmadi. Pandemiya Shimoliy Koreya iqtisodiyotiga ham jiddiy zarba berdi. Xalqaro sanksiyalar tufayli mamlakat allaqachon tashqi dunyodan izolyasiya qilingan, qattiq karantin choralari esa KXDRning eng yirik hamkori – Xitoy bilan savdo-sotiqni deyarli yo‘qqa chiqardi.

Biroq, bu Kimga o‘z arsenalini yanada oshirishga to‘sqinlik qilmadi. 2020 yilgi harbiy paradda u birinchi marta og‘irligi 80-110 tonna va diametri 2,5 metr bo‘lgan “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasini dunyoga namoyish etdi – uning bahaybat o‘lchamlari mutaxassislarni hayratda qoldirdi. Mutaxassislar ta’kidlaganidek, “monstr-raketa” 2022 yilning mart oyida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi va shu tariqa Kim tomonidan qo‘yilgan moratoriyni buzdi. Shunday qilib, KXDR arsenalida AQSh hududining istalgan nuqtasiga zarba bera oladigan raketa paydo bo‘ldi.

Запуск баллистической ракеты с субмарины КНДР, октябрь 2021 года

Bungacha esa o‘sha yilning yanvar oyida Pxenyan gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazgan edi. Bunday snaryadni kuzatib borish va tutish qiyin, bu esa, mutaxassislarning fikricha, janubliklar uchun jiddiy xavf tug‘diradi: aslida ular faqat preventiv (oldini oluvchi) zarba berishi mumkin. Shimoliy Koreyaning artilleriya mashg‘ulotlari ham bundan kam tashvish uyg‘otmaydi: Seul ikki davlat chegarasidagi qurolsizlantirilgan hududdan atigi 50 kilometr uzoqlikda joylashgan. May oyida esa Kim Chen In, agar kerak bo‘lsa, KXDR o‘z dushmanlariga qarshi “preventiv” yadroviy zarba berishga tayyorligi haqida ogohlantirdi.

Ким Чен Ир и Мадлен Олбрайт в Пхеньяне, 2000 год

Salom, qurol

Shimoliy Koreya 2018 yilda qisman vayron qilingan Pungeri yadroviy poligonida 2022 yil bahoridan faol tayyorgarlik boshladi. O‘shanda KXDR moratoriyga sodiqligini isboti sifatida yerosti sinovlarida foydalanilgan shaxtalarga kirish yo‘llarini portlatib yuborgan edi.

Biroq, Shimoliy Koreya rasmiylari buni aniq tasdiqlay oladigan xalqaro inspektorlarni taklif qilmagani uchun KXDR faqat konlarga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan, biroq poligonning yer osti inshootini daxlsiz qoldirgan, degan gumon uyg‘otdi. Qanday bo‘lmasin, 2022 yilning bahorida shimoliy koreyaliklar ob’yektda ish boshlashdi. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan so‘nggi suratlar 3-4 sonli tunnellar tiklash bo‘yicha ishlar boshlanganini ko‘rsatdi.

Biroq yadroviy sinov amerikaliklar aytganidek, haqiqatan ham har qanday kunda ro‘y berishi mumkin emas. Vaholanki, Shimoliy Koreya hech qanday bayonot bermadi, qolaversa, tunnelni qayta ko‘mib tashlash uchun vaqt kerak. “Shuning uchun, shimolliklar hozircha shunday qilishga faqat shama qilishmoqda”, — dedi Koreya tadqiqotlari markazining yetakchi ilmiy xodimi Konstantin Asmolov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat fikrdan farqli o‘laroq, Shimoliy Koreya kamdan-kam hollarda bunday qadamni birinchi qo‘yadi, sinovlar esa uning janubiy qo‘shnilari va AQShning «provokatsion harakatlari»ga javobdir. Masalan, iyun oyining boshida USS Ronald Reagan yadroviy samolyot tashuvchisi bilan qo‘shma mashg‘ulotlarni olaylik. Ular mintaqaviy vaziyatni beqarorlashtirishga Shimoliy Koreya raketalaridan kam hissa qo‘shmadi, deb hisoblaydi ekspert.

Bu safar Shimoliy Koreya taktik yadro quroliga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan jangovar kallakni sinovdan o‘tkazishi mumkinligini taxmin qilmoqda Qo‘shma Shtatlar. Asmolovning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning Pungeri poligonini qayta tiklashga kirishishining sabablaridan biri yadroviy bombaning yangi modifikatsiyasini sinab ko‘rish istagi bo‘lishi mumkin.

Va nihoyat, Pxenyanning xatti-harakati AQShning har bir yangi prezidenti bilan o‘zaro munosabatlari paradigmasiga mos keladi. Bayden hali lavozimiga kirishmasdanoq Kimni “bezori” deb atagan va Trampni Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashgani uchun tanqid qilgan. Qolaversa, dastlab Baydenning o‘tmishdoshlari ham KXDRga nisbatan xuddi shunday qattiqqo‘llik ko‘rsatishgan. Bill Klinton prezidentligining boshida Shimoliy Koreya bilan urush haqida jiddiy o‘ylagan, biroq keyinchalik u bilan yadroviy bitim tuzib, davlat kotibi Madlen Olbrayt Pxenyanga tashrif buyurgan va KXDRning amaldagi rahbarining otasi Kim Chen Ir bilan uchrashgan edi.

Oq uyga kelgan Jorj Bush ham Shimoliy Koreyaga nisbatan qattiqqo‘lligi bilan ajralib turdi, uni “yovuzlik o‘qi”ning bir qismi deb bildi. Ammo aynan uning davrida KXDR bilan olti tomonlama muzokaralar boshlandi (ularda AQSh, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya ham ishtirok etdi) va Bush prezidentligining oxiriga kelib, sezilarli muvaffaqiyatlarga erishildi.

Sanksiyalar diplomatiyasi

Hozircha Vashington muzokaralar qobiliyatini namoyish etmadi. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Shimoliy Koreya o‘z yo‘lidan qaytmaguncha unga bosim o‘tkazishga va’da berdi. Uning janubiy koreyalik hamkasbi Pak Jin, o‘z navbatida, yadroviy sinov o‘tkazilsa, Pxenyanni undan ham qattiqroq sanksiyalar va izolyasiya kutayotgani haqida ogohlantirdi.

Lekin aslida hamma narsa Vashington kutganidan biroz murakkabroq bo‘lib chiqishi mumkin. 26 may kuni BMT Xavfsizlik kengashining KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha AQSh tayyorlagan rezolyusiya loyihasini Rossiya va Xitoy blokladi. Bungacha Moskva va Pekin Vashington bilan ma’lum masalalarda bahslashsa-da, "yangi sinovlar - yangi sanksiyalar" formulasini shubha ostiga qo‘ymagandi. Endi esa hammasi o‘zgardi.

KXDRda yangi yadro sinovi o‘tkazilgan taqdirda Rossiya va Xitoy o‘zini qanday tutishi ko‘p jihatdan AQSh bilan munosabatlari qanchalik keskin bo‘lishiga bog‘liq. Bir tomonlama tartibda, Qo‘shma Shtatlar ham arzigulik takliflarga ega emas: ekspertlar 16 yil davomida kiritgan sanksiyalar hajmini "besh daqiqalik blokada" deb hisoblashadi. “Xitoy esa, KXDR bilan quruqlikdagi chegara uning nazorati ostida bo‘lgani uchun ham, to‘liq blokada joriy etilishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deya xulosa qiladi ekspertlar.

Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya harbiy qarshilik qanday bo‘lishini 5 iyun kuni namoyish etishdi: KXDR Yapon dengiziga sakkizta raketa uchirganida, Vashington va Seul bunga javoban qirg‘oq suvlariga sakkizta raketa uchirdi. Janubiy Koreya Bosh shtabining xabar berishicha, agar Shimoliy Koreya kutilmaganda provokatsiyaga tushib, bir necha joydan raketa uchirishga qaror qilsa, ittifoqchilar darhol aniq zarba bilan javob qaytarishga tayyordir.

Yagona umid – Amerika Davlat kotibi va uning janubiy koreyalik hamkasbi nutqidagi tahdidlar orasida ularning muzokara stoliga "hech qanday shartlarsiz" o‘tirishga tayyor ekanliklari haqida so‘z borgani. Ammo Baydenning keskin ultimatumini hisobga olsak, bunga ishonish qiyin. Qolaversa, Shimoliy Koreya uning ma’muriyati kun tartibida birinchilar o‘rnida emas. Asosiy masala — Ukraina, 40 yillik yuqori inflyasiya, gaz narxi oshishi va Kongressga oraliq saylovlar bo‘yicha noxush prespektiva turibdi. Aftidan, vaziyat “Osiyo kutib tursa ham bo‘ladi” qabilida turibdi.

Gulnora Xoldorova tayyorladi.