Meksika politsiyasi kartellarga pullash va jurnalistlarga josuslik qilish uchun dasturiy ta’minot xarid qilgan

Meksika hukumati jinoyatchilikka qarshi kurash niqobi ostida josuslarga qarshi dasturiy ta’minot (DT)larni sotib olib, ulardan jurnalist va faollarni kuzatishda hamda kartel (monopolistik birlashmaning eng oddiy shakli)larga kuzatuv xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanishgan yoki DTlarni ularga olibsotarlik yo‘li bilan sotgan. Buni xalqaro "Forbidden Stories" tadqiqotchi jurnalistlar tarmog‘i aniqladi.

Politsiyaning harakatlari 2012 yildan buyon ma’lum. Korrupsiya va hukumatning jinoiy guruhlar bilan aloqasi yuzasidan olib borilgan tergovlardan so‘ng o‘nlab jurnalist va faollar o‘ldirildi. Rasmiylarning bunday ayblovlarni rad etishlariga qaramay, jurnalistlar buning aksiga ishonishadi.

Ma’lum bo‘lishicha, hukumat tomonidan 20 dan ortiq xorijiy kompaniya, shu jumladan, Isroilning “NSO Group” va Italiyaning “Hacking Team” kompaniyasidan DT sotib olingan. Rasmiy ravishda undan faqat jinoyatchilikka qarshi kurashda foydalanish mumkin. Biroq korrupsioner amaldorlar bundan matbuotga bosim o‘tkazish uchun foydalangan va kartellar o‘z maqsadlari uchun sotib olishi yoki pora evaziga politsiyadan yashirin tinglovchi moslama («proslushka»)ga "buyurtma berishlari" mumkin edi.

2014 yilda bir necha meksikalik jurnalistlar odatda terroristlarni kuzatish va eshitishda foydalanilgan “Pegasus” dasturi yordamida ta’qib qilinishida ayblab, hukumat vakillarini sudga berishdi. Ta’kidlanishicha, bunday kuzatuvlar Meksika hukumatini tanqid qiluvchi huquq himoyachilari, faollar va jurnalistlar ustidan olib borilgan.

"Chegara bilmas reportyorlar" tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, Meksika 2020 yilda jurnalistlar o‘ldirilishi bo‘yicha birinchi beshtalikka kiradi.

G.XOLDOROVA tayyorladi.