Meksika va Peruda avtobuslar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
- 10.06.2021 10:31
- 25
- Xorij
Meksikaning g‘arbiy qismida joylashgan Tixuana shahrida sayyohlik avtobusining avtohalokatida yetti kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Milenio telekanali.
"Kaliforniyaning Tixuana shahrida sayyohlik avtobusi ag‘darilib ketdi. Oqibatda yetti kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohat oldi", deyiladi OAVda.
Fojia kecha kechqurun sodir bo‘lgan. Avtobusda 50 dan ortiq kishi bo‘lgan.
Hozircha qurbonlarning shaxsi aniqlanmagan.
Shuningdek, 33 kishi, jumladan, bolalar bo‘lgan avtobus Peru shimolida, Patas provinsiyasidagi daraga qulab ketdi. 17 kishi halok bo‘ldi va olti kishi jarohat oldi, deb xabar berdi RPP radiosi.
Xabar qilinishicha, avtobus yo‘ldan chiqib, 200 metr balandlikdan jarlikka qulagan. Jabrlanganlar kasalxonaga yetkazilgan.
Teglar:
Meksika
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand