Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Meksikada 7,1 magnitudaga teng zilzila yuz berdi

Meksika janubida 7,1 magnitudaga teng zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat seysmologiya xizmati xabar berdi.

Zilzila markazi Oaxako shtatining Krusesita shahridan 12 kilometr uzoqlikda joylashgan. Tabiiy ofat oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 30 kishi jabrlangan. Yer osti silkinishlari mamlakat janubidagi beshta kasalxona binosi, mahalliy cherkov, hukumat binosi va bir qator boshqa binolarga jiddiy zarar yetkazgan.
Zilzila oqibatida yuzaga kelgan yer ko‘chishi natijasida 190-federal trassaning ikki hududi to‘liq yopilgan.