Messi 2019 yilgi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritdi
- 03.12.2019 10:11
- 126
- Sport
Fransiya poytaxti Parij shahridagi shatle teatrida "Oltin to‘p" sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Olamsport" nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, Argentina terma jamoasi hamda "Barselona" klubi sardori Lionel Messi 2019 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va oltinchi bor "Oltin to‘p" sohibiga aylandi.
"Liverpul" klubi futbolchisi Virjil van Deyk so‘rovda ikkinchi o‘rinni egalladi. Krishtianu Ronaldu esa uchinchi bo‘ldi.
Teglar:
Futbol
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Isroil va "Hizbulloh" sulh bitimini imzoladi
- 43 daqiqa avval
- Xorij