Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Metan gaz quyish shoxobchasida avtobus gaz balloni portladi

Kecha, 18 fevral kuni soat 21:50 larda Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi "Metan Rivoj Savdo" MChJga qarashli metan gaz quyish shoxobchasida Bulung‘ur tumanida yashovchi M.N. boshqaruvidagi “PAZ” rusumli yuk tashish uchun mo‘ljallangan avtobus gaz to‘ldirayotgan vaqtida tepa qismiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qildi.

Oqibatda avtobusga moddiy zarar yetgan. Shu bilan birgalikda avtobus atrofida turgan Romitan tumanida yashovchi N.S. boshqaruvchidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasining old oynasiga hamda Mirzaobod tumanida yashovchi A.K. boshqaruvidagi “UAZ-3962” rusumli transport vositasining old qismiga temir parchasi uchib kelib tekkan.

Ushbu hodisada tan jarohati olganlar va boshqa zarar ko‘rganlar mavjud emas.

Holat yuzasidan Guliston shahar IIO va FMB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.