MIB Payariq tuman Davlat soliq inspeksiyasiga 437 milliondan ortiq soliq qarzdorligini undirib berdi
Payariq tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor “5-SONLI” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi Payariq tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 437 million 842 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi ijro ish yurituviga kelib tushgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi xabar bermoqda.
Shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor “5-SONLI” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bank hisob-raqamlarining chiqim qismiga band solingan.
Qarzdor “5-SONLI” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli 2 dona “Labo” rusumli va «Sobalt» rusumli mashinalar xatlangan. Shundan so‘ng mashinalaridan ajralib qolishni istamagan “5-SONLI” MChJ rahbari Payariq tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 437 million 842 ming so‘m soliq qarzdorligini to‘lab berdi.