“MIB Payariq tumani bo‘limi boshlig‘ining xatti-harakatini oqlamayman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Alisher Zokirov bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanida shuni qayd etdi:

– Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda, xalqimiz o‘rtasida keng muhokama bo‘layotgan Majburiy ijro byurosi Payariq tumani bo‘limi boshlig‘ining xodimlarni haqorat qilgani aks etgan lavha bo‘yicha shuni aytishim mumkinki, bunday yo‘l tutishga u haqli emas va buni oqlamayman. Albatta, boshliq xodimlaridan uzr so‘radi. Lekin hozirda uning faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda va tekshiruv yakuni bilan o‘z xulosamizni bildiramiz.