MIB qarzdorning avtomashinasini xatlab olib ketgach, undan soliq qarzdorligi undirildi
Past Darg‘om tuman iqtisodiy sudining qarzdor “Rasul Turum Kultonsoy paxtasi” fermer xo‘jaligidan undiruvchi Past Darg‘om tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 40 million 198 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Past Darg‘om tuman bo‘limi ijro ish yurituviga kelib tushgan.
Shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Past Darg‘om tuman bo‘limi xabar bermoqda.
Ijro harakatlari davomida qarzdor “Rasul Turum Kultonsoy paxtasi” fermer xo‘jaligining bank hisob-raqamlarining chiqim qismiga band solingan.
Qarzdor “Rasul Turum Kultonsoy paxtasi” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.
Shuningdek, mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochining dalolatnomasiga asosan qarzdorga tegishli bo‘lgan, bir dona “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi xatlanib olib chiqilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Rasul Turum Kultonsoy paxtasi” fermer xo‘jaligidan undiruvchi Past Darg‘om tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 40 million 198 ming so‘m soliq qarzdorligi undirib berildi.