Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun talablar belgilandi

«O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruq 2020 yil 13 yanvarda Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Buyruqqa muvofiq Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.

Nizomda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

- Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar;

- nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash tadbirlarini o‘tkazish tartibi va bosqichlari, xususan nomzodni:

- dastlabki o‘rganishni tashkil etish va o‘tkazish;

- jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

- psixologik o‘rganish;

- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

- hujjatlarini rasmiylashtirish va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish bo‘yicha qoidalar.

Nizomga muvofiq, o‘rta yoki o‘rta-maxsus yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolar nomzod bo‘lishi mumkin:

- 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan;

- muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;

- rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar.