Mohir hunarmandlarning milliy hunarmandchilik mahsulotlari xorijliklarni hayratlantirdi
- 17.06.2023 06:14
- 146
- Madaniyat

Samarqand shahridagi Registon maydonida o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi tashkil etildi.
Unda viloyatning barcha tuman-shaharlaridan tajribali va "Usta-shogird" an’anasi asosida hunar o‘rganayotgan yosh hunarmandlar vakillari ishtirok etdi.
- Ko‘rgazmada 20 ga yaqin yo‘nalishlar bo‘yicha mahsulotlar namoyish etildi, - deydi "Hunarmand" uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umid Hakimov. - Jumladan, kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, tikuvchilik, yog‘och o‘ymakorligi, musiqa asboblari yasash, miniatyura, milliy liboslar va boshqa yo‘nalishlarda mahalliy hunarmandlarimizning qo‘li bilan yasalgan buyumlar tomoshabinlar, ayniqsa xorijlik sayyohlar hayratini oshirdi. Ularning ayrimlari hunarmandlarga qo‘shilib, mahsulotlar tayyorlashga kirishib ham ketishdi.
Ko‘rgazma davomida hunarmandlar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. Loydan ko‘za yasash, ipakdan mato to‘qish, do‘ppiga naqsh berish, beshik yasash jarayonlarida hunarmandchilikka qiziqqan oddiy tomoshabin va sayyohlar bevosita ishtirok etdi.
Viloyatdagi folklor jamoalar ijro etgan milliy ashula va raqslari tadbir ishtirokchilariga zavq ulashdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Turmush chorrahalarida: Qarz
- Kecha, 17:12
- Mutolaa
G‘arbdan esayotgan shabboda
- Kecha, 16:34
- Siyosat
Ogoh bo‘ling, suv tugab bormoqda!
- Kecha, 15:05
- Jamiyat