Moliyaviy sanksiyalar qanday tartibda qo‘llaniladi?
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo‘lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida qo‘llaniladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga - soliq to‘lovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo‘llaniladi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq to‘lovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno.
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qo‘llaniladi, penya hisoblash hollari bundan mustasno.
Soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya materiallar sudga berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda tadbirkorlik sub’yekti - soliq to‘lovchi o‘ziga nisbatan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaganligi uchun jarimalar qo‘llanilishidan ozod qilinadi.
Hujjatda ko‘rsatilgandan ko‘proq yeringiz bo‘lsa...
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish yer solig‘ining summasiga ekvivalent miqdorda: yuridik shaxslarga — to‘rt baravari miqdorida; jismoniy shaxslarga — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.