Moskvaga jangovor o‘q olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatildi
- 17.04.2019 09:45
- 62
- O‘zbekiston
Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari jangovar o‘qning noqonuniy olib o‘tilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Toshkent-Moskva» yo‘nalishi bo‘ylab uchib ketayotgan fuqaro K.M. ning bagaji skaner vositasida tekshiruvdan o‘tkazilganda uning ichidagi kichik, deyarli ko‘z ilg‘amaydigan buyum xodimlar diqqatini tortdi. So‘ngra bagaj xolislar ishtirokida tekshirilganda uning ichidan bir dona 7.62 mm li jangovar o‘q borligi aniqlandi.
Fuqaroning so‘zlariga qaraganda, ushbu o‘qni u esdalik sifatida olib ketmoqchi bo‘lgan ekan. Ammo, qonunchilikda bu kabi harakatlar taqiqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
bojxona
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Behbudiy tug‘ilgan mahallaga uning nomi berildi
- 2 soat avval
- Mutolaa
Siz ham his qildingizmi?
- Bugun, 11:05
- Samarqand
ЮНЕСКО Бош директори Самарқандга келди
- Bugun, 08:49
- Samarqand