«Moskvich»ning g‘ildiragi chiqib ketib, avtomashina ariqqa ag‘darildi
- 11.08.2020 10:32
- 310
- Hodisa

2020 yil 10 avgust kuni soat taxminan 15:30 larda fuqaro U.B. ishonchnoma asosida boshqaruvida bo‘lgan «Moskvich» rusumli avtomashinani Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Sohibiyon MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘l, ya’ni Sohibiyon qishlog‘idan Sho‘rcha qishlog‘i tomonga boshqarib ketayotganida, avtomashinaning old tomon g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida, boshqaruvni yo‘qotib, harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomonidagi ariqqa ag‘darilib ketgan.
Natijada, avtomashina yo‘lovchilari 50 yoshli A.I. va 44 yoshli G‘.R.lar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- Bugun, 18:13
- Iqtisodiyot
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- 19/04, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat