“Moyka”dan gilam yuvish fabrikasigacha: Samarqanddagi “Taskin” jamoasi faoliyatiga nazar

Asosiy faoliyati aholi va korxona-tashkilotlarning buyurtmasiga asosan gilam yuvish va yetkazish bilan shug‘ullanuvchi “Taskin” fabrikasining tashkil bo‘lish tarixi qiziq va o‘ziga xos.

Korxona rahbari Jamshid Hasanov bu haqda qisqacha so‘zlab berdi:

- 2010 yildan avtomashinalar yuvish sohasida ishlab yurardik. Vaqt o‘tib, odamlarning yashash darajasi o‘zgargan sayin mashina bilan bir qatorda gilam yuvib berishimizni ham so‘raydiganlar paydo bo‘la boshladi. 2017 yilga kelib bunday talablar ancha oshdi. Tushundikki, Samarqandda gilam yuvish xizmatini ishga tushirish vaqti keldi.Dastlab ko‘pchilik fikrimdan qaytarmoqchi bo‘ldi, “Gilam yuvish biznes emas, qoplamaydi, kim ham pul berib gilam yuvdiradi…”. Ammo bu jarayonlarning ichida yurganim uchun ishimiz vaqti kelib rivojlanishini sezib turardim.

Va o‘sha yili tavakkal qilib korxonamizni ochishga qaror qildik. Xorijdan maxsus uskunalar olib keldik, joy topdik, gilamlarni xonadonlardan olib kelish va yetkazishda bitta taksi gaplashdik. Xullas, kamtarona jamoamiz, aniqrog‘i, bitta xodim bilan yaxshi niyatlar bilan ishni boshladik.

Eng qizig‘i, o‘sha yilning o‘zida qilingan xarajatlarimiz chiqib ketdi. Yil oxirida hatto foyda ko‘ra boshladik. Bildikki, Samarqandda rostdan ham bu xizmatga talab bor ekan. Talab kundan-kunga oshib borardi. Asta-sekin jamoamiz kengayib, mana, bugungi kunda buyurtmalarni yetkazish uchun 7 ta maxsus mashinamiz tinim bilmay ishlab turibdi. Hozirda ishchi xodimlarimiz soni 40 nafarga yetdi. Talab oshib borayotgani sababli Samarqand shahrining o‘zida yana bitta korxona ochdik, - deydi Jamshid Hasanov.

Korxonaning mijozlar bilan ishlash tartibi ham qiziq: Aytaylik, 100 ta mijozdan bir yo ikki nafari korxonadan noroziligini bildirsa, albatta tegishli xodim mijozning xonadoniga borib ikki taklif bildiradi: “Xohlasangiz pulingizni qaytarib beramiz yoki istagingizga qarab gilamni bepul qaytadan yuvib berishimiz mumkin”.

Lekin agar shikoyat qiluvchilar soni 100 tadan 4 nafarga yetsa barcha ish to‘xtatilib, yig‘ilish o‘tkaziladi va muammo qayerdaligi jiddiy o‘rganiladi: gilam yuvishdami, kassadami, yetkazib berishdami, mijozlar bilan muomaladami… xullas, qayerda xatoga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlanib, bartaraf etib, keyin yana ish davom ettiriladi.

Mijozlar bilan ishlash eng asosiy qoidamiz, ularning birortasi bizdan norozi bo‘lmasligi kerak. Ehtimol, shu sababdan ham bizning xizmatga murojaat qiluvchilar soni kun sayin oshmoqda.

Bundan tashqari, gilam yuvishda ishlatiladigan yuvish vositalarini tashlash, texnologiyalar, quritishga e’tibor berish ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, biz dunyoning barcha davlatlarida ishlatiladigan, Turkiyada ishlab chiqariladigan brend shampundan foydalanamiz. Bir metr kvadratga bir litr xushbo‘y shampun ishlatiladi.

Joriy yil Turkiya safarida bo‘lganimizda soha bo‘yicha yana ham ko‘proq tajriba orttirdik. Gilamlarni yuvishda Turkiyaning mashhur “KARPAKS” shampunlaridan foydalanamiz. Ana shu mahsulot ishlab chiqaruvchilari taklifi bilan turk diyoriga tashrifimiz davomida sohaga oid ko‘plab korxonalar ish faoliyatini o‘rgandik. Eng muhimi, gilam yuvishda ishlatiladigan dunyoning eng ilg‘or texnologiyalari bilan tanishdik. Tez orada Germaniyadan eng zamonaviy hisoblangan ana shunday texnologiyalarni O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, o‘zimiz olib kelamiz”, deydi Jamshid Hasanov.

Korxona rahbariga ko‘ra, gilam yuvishga talab asta-sekin boshqa hududlarda ham oshib bormoqda. Shundan kelib chiqib, tez orada viloyatning boshqa tuman-shaharlarida ham bu bo‘yicha ish boshlash rejalashtirilgan.

Korxona manzili: Samarqand shahri, Marv ko‘chasi 116-uy
Mo‘ljal: "23 fevral" mahallasi (Namozgoh)
Telefon: +99866-230-00-30.

Reklama o‘rnida