Mudhish YTH: 1 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida inson o‘limi bilan yakunlangan mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

11 mart kuni soat 09:00 larda Nukus shahar “Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir” 4R176 yo‘lining 2-kilometrida haydovchi A.B. boshqaruvidagi “Matiz” avtomobilida oldinda harakatlanayotgan avtomashinani quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan va qarshisidan kelayotgan haydovchi T.A. boshqaruvida bo‘lgan “Gazel” bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi A.B. voqea joyida vafot etgan.

“Gazel” rusumli transport vositasining 17 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.