Mudhish YTHda to‘rt kishi vafot etdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida 12 fevral kuni soat 11:30 larda mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
1984 yilda tug‘ilgan A.B. o‘zining boshqaruvidagi «Matiz» avtomashinasini Abay OFY hududidan o‘tuvchi «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» A-380 yo‘lining 645-kilometrida haydab ketayotib, yo‘l sirpanchiq bo‘lganligi sababli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, 1987 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi «MAN» yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etishi tufayli yuk avtomashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Oqibatda «Matiz» avtomashinasi haydovchisi A.B., yo‘lovchilari — 1990 yilda tug‘ilgan S.M, 2019 yilda tug‘ilgan M.Q. hamda 1965 yilda tug‘ilgan T.R.lar voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, «Matiz» avtomashinasining qolgan yo‘lovchilari, 1989 yilda tug‘ilgan S.S., 2000 yilda tug‘ilgan D.Q. hamda «MAN» yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.T.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.