Muhammad Yusuf Paxtachida bo‘lganmi?
Biz shoir Muhammad Yusufning 1973-1978 yillarda Respublika rus tili va adabiyoti institutida o‘qib yurganida bir necha marta paxtachilik kursdoshi Jo‘raqul Quvvatovnikida bo‘lganini eshitgan edik. Yaqinda Juraqul akaning onasi Sohiba momo xonadonida bo‘lib, shoir Muhammad Yusuf xaqidagi xotiralaridan gapirib berishni so‘radik. Sohiba momo 86 yoshga kirgan bo‘lsada, tikuv mashinasida chevarasi Elnuraga ko‘ylak tikayotgan ekan. Bu jarayonga alohida ypg‘y qaratganimiz momo bunday yumushlarni kuzoynaksiz bajarayotgani edi.
- Ha, xuddi kechagidek esimda, - dedi Sohiba momo, - adashmasam birinchi marta 1975 yilning bahorida Hamid degan o‘rtog‘i bilan mehmonga kelgandi. Osh damladim. Ikki-uch kun ichida qo‘shnilarimiz Otaqul Meliyev, Ma’mur Jo‘rayev, Xoliyor Boboqulovlarnikida ham mehmonda bo‘lishdi. Dabusqal’aga ham borib kelishdi. Qorachadan kelgan, Andijoncha talaffuzda gapiradigan bu yigitchani hovli bo‘ylab cho‘ntaklariga qo‘lini tiqqanicha, o‘ychan yurganini hanuz yaxshi eslab qolganman.
-Ena, Muhammad akaning bedapoyani yo‘ng‘ichqapoya deganini, jannatmakon joyda yasharkansizlar. Ikki tog‘ orasi, yana Zarafshon daryosi ham uncha uzoq emas ekan, deb havas bilan gapirganini eslaysizmi?, - deya gapga aralashadi momoning kenja o‘g‘li Rahimjon.
-Bu gaplarni unutib bo‘ladimi o‘g‘lim. Ayniqsa, Muhammad katta shoir bo‘lib yetishgach, u bilan bog‘liq barcha muloqotlarni o‘zimcha ko‘p bor takrorlaganman.
Suhbat davomida Sohiba momo shoirning o‘zini Andijondagi Qovunchi qishlog‘iga taklif etgani, onasi Enaxon Sotiboldiyeva, otasi Mardisher akaning oddiy hayot kechirishi xaqidagi xotiralarini so‘zlab berdi.
Izzatulla NORQUVVATOV.