Elektr simlari qo‘l yetar darajada osilib qolgan
- 10.08.2022 16:40
- 149
- Samarqand
Qo‘shrabot tumanining Chorloq mahallasi, Boltamin qishlog‘idan yozyapmiz.
Simyog‘ochlarning eskirganidan tortib, yo‘llarimizning abgorligidan aziyat chekyapmiz. Muddatini o‘tab bo‘lgan simyog‘ochlarni-ku bir amallab, uyoq-buyog‘idan xoda, bolor tirkab turibmiz. Chunki bu borada tuman elektr tarmoqlari korxonasi, tuman hokimligiga qilgan murojaatlarimiz javobsiz qolayotganligiga ko‘nikib ham ketdik.
Bizni xavotirga solayotgani elektr simlarining qo‘l yetadigan darajada osilib qolgani. Qir-adirlarda mol boqishga ham qo‘rqib qoldik. Aholi mollarini tok o‘rganiga ham bir necha marta guvoh bo‘lganmiz. Farzandlarimizni mol boqishga yuborib, yurak hovuchlab o‘tiramiz.
Tirikchilik tashvishi bilan tuman yoki shaharlarga borib keladigan bo‘lsak, abgor yo‘llarimiz sabab odamlar ham, texnikalar ham “it azobini tortish”ga majbur bo‘lyapti.
Iltimos, murojaatimizni mutasaddilarga yetkazib qo‘ying!
Boltamin qishlog‘i fuqarolari.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa