Muzlagan yo‘llarda avtomobil boshqarish qoidalari bo‘yicha eslatma

Bugun yurtimiz bo‘ylab qor yog‘di. Avtoulov sohiblari ikki karra mas’uliyatli bo‘lishlari talab etiladi.

Muzlagan yo‘llarda mashina boshqarish bo‘yicha ushbu tavsiyalar harakatlanish davomida sizga asqotadi, deb umid qilamiz.

➖ Agar shinalarni qishki rezinaga almashtirmagan bo‘lsangiz, muzlagan yo‘lda haydamaganingiz ma’qul;

➖ Unutmang, tezlik muzlagan yo‘lda haydovchining asosiy dushmani. Avtomobil tezligi qanchalik past bo‘lsa, u sizga ko‘proq itoat qiladi;

➖ Masofa - yo‘lda ikkita mashina orasidagi masofani quyidagi formula bo‘yicha hisoblash kerak: avtomobil tezligi ikkiga ko‘paytiriladi va to‘g‘ri masofa metrlarda olinadi, ya’ni 100 km/soat uchun yaxshi masofa 200 metrni tashkil qiladi;

➖ Muzli sharoitda pedallar yoki g‘ildirak bilan keskin harakatlar qilmang, tez tormozlanib, tezlashmang. Har qanday manyovr avtomobilingizni yo‘ldan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Yo‘ldagi vaziyatni doimiy ravishda kuzatib boring. Shoshilmang, yo‘l bering, juda ehtiyotkor va e’tiborli bo‘ling!