Narpaydagi 4 ta maktab xodimlari majburiy mehnatga jalb etilgani aniqlandi
- 18.06.2020 14:25
- 365
- Samarqand
2020 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 28 ta holatda majburiy mehnatga jalb etish aniqlandi, deb xabar berdi Mehnat vazirligi.
Aybdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi birinchi qismiga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Ushbu majburiy mehnat holatlarida asosan mansabdor shaxslar tomonidan xodimlarini o‘zlarining xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburan jalb etganligi aniqlandi.
Jumladan, Samarqand viloyati Narpay tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri 2020 yil 22 may kuni tumandagi 1, 10, 12, 22-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida maktab direktorlariga maktab hojatxonalarini xodimlarga ta’mirlashni buyurgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa