Narpayning 4 ta mahallasi aholisiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Narpay tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari shu yilning 12 oktyabr kuni soat 09:00 dan soat 14:00 ga qadar tumandagi Xo‘jakarzon mahallasida Birlik, Charxin, Sohibkor mahallalarida yashovchi fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatadi.
Sayyor qabulda:
- elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish;
- fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish;
- tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
- jismoniy shaxslarning soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.
- jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish;
- davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga ariza olish va joylashtirish uchun yo‘llanmalar berish va boshqa davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.