Navro‘z faqat bizda keng nishonlanadi
- 18.03.2019 17:56
- 170
- Madaniyat
Milliy bayramimiz o‘tgan yili 5 kun, bu yil 4 kun dam olish kuni deb e’lon qilinishi hammani birdek sevintirdi. Hali hech bir davlatda Navro‘z bayramiga bunchalik katta e’tibor berilmagan.
Men o‘tgan yili Turkiyadagi Navro‘z tantanalarida ishtirok etdim. Bayram turk dunyosining madaniyat markazi deb e’lon qilingan Kastamanu shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘rta Osiyoning deyarli barcha davlatlaridan vakillar ishtirok etdi, turli millat vakillarining qadimiy kuy-qo‘shiqlari yangradi.
Bayram bir kun davom etdi. Men bilan birga qatnashayotgan Qozog‘iston vakili mamlakatida bayram 3 kun nishonlanishini aytdi. Qirg‘iziston vakili esa 2 kun va boshqa davlat vakillari ham bayramni necha kun nishonlanishini bildirishdi. Shunda men bu qutlug‘ bayram mamlakatimizda 5 kun nishonlanishini aytganimda hamma olqishlab yubordi. Ular ham Prezidentimizdan minnatdor bo‘lishdi.
G‘ulom O‘rolov,
jurnalist.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 11 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!