Наврўзни Ўзбекистонда нишонладик. Тожикистонлик, қирғизистонлик қўшниларимиз саёҳат таассуротларидан хурсанд

Gulnora Sharipova, Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahridagi General elektrik kompaniyasi xodimi:

- O‘zbekistonga birinchi marta bayramni o‘tkazish uchun keldik. Sayilda qatnashib bu yerdagi Navro‘z odatlarini tomosha qildik, judayam ko‘p an’analarimiz o‘xshash ekan. Qarindoshlarimiz bilan 15 kishi o‘z avtomashinamizda keldik. Toshkent, Samarqandni aylandik. Shaharlardagi zamonaviylik, tarixiylik bizni judayam maftun qildi. Farzandlarimizga ham O‘zbekiston juda yoqdi. Yana kelishni rejalashtirayapmiz.

Aydar Umotboyev, Qirg‘izistondagi “Ibarat” ansambli a’zosi:

- Ansamblimiz bilan Navro‘z sadolari tanloviga keldik. Qomuz, kil kiyak, dobulbas, sibizg‘i, jigach, ooz qomuz, temir ooz qomuz kabi milliy cholg‘u asboblarida folklor kuy-qo‘shiqlarni ijro etamiz. Toshkentdagi yangi binolar, yo‘llar, ayniqsa, shaharning tozaligi bizga juda yoqdi.

Toshkent mehmonxonalari O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan, qolaversa qo‘shni davlatlardan kelgan mehmonlar bilan gavjum ekan.