Nega kibrga berilamiz?
Quyosh… Yerga hayot bag‘ishlovchi, har kuni bizga nur sochuvchi bu manba, aslida Yerga nisbatan 109 marta katta. Hajmi esa 1 million 300 ming marta ortiq.
Bir lahza to‘xtab, shu raqamni xayolda tasavvur qiling. Biz u oldida haqiqatan ham nuqtadekmiz.
Ammo yana yuqorilarda — odamning aqli begona ,okb, qolayotgan chuqur masofalarda — Stivenson 2-18 bor. Uning hajmi Quyoshnikidan 10 milliard marta katta. Agar Quyoshni kishi pastga tashlab yuborgan bir tuxumdek tasavvur qilsak, Stivenson 2-18 g‘oyat ulkan tog‘dek ko‘rinar edi.
Ammo bu ham chek emas. Chunki Ton 618 ― hajmi Stivenson 2-18dan ham 6,6 milliard marta, Quyoshdan esa 66 milliard marta katta. Uning qo‘shnisi bo‘lishni tasavvur qilishning o‘ziyoq insonni titratib yuboradi. Shunday yulduzlar oldida Quyoshning o‘zi ham zarradek, undan ham mayda — Yer esa ko‘zga ko‘rinmascha nuqta.
Shunday ulkan olam ichidan inson farzandi bor. Bu bizlar - siz-u biz.
Endi, ayting, biz nega va nimamiz bilan kibr qilamiz? Nimamiz bilan ovora bo‘lib, o‘zimizga o‘xshamagan o‘ta katta da’volar qilamiz?
“Men qilaman, men uddalayman, men qilib yuboraman!”, deb o‘dag‘aylaymiz.
Nima "quturtiryapti" bizlarni? Pulmi? Mashinamizmi? Qasrdek uyimizmi? Yo korxona-yu zZavodlarimizmi?
Biz o‘zimizni ko‘zgu oldida katta qilib ko‘ramiz, ammo osmon bizga boshqacha ko‘zgu tutadi: u bizga qanday kichkina ekanimizni har soniya eslatib turadi.
Nozimjon Hoshimjonov.