Nima uchun xitoylik sayyohlar Ruhobod maqbarasiga qiziqish bildiradi?
Ruhobod maqbarasi 1380 yilda Amir Temur farmoni bilan qurilgan. Bu yerda Shayx Burhoniddin Sag‘arjiy, uning rafiqasi va farzandlari dafn etilgan.
Temuriylar davrining boshqa inshootlaridan farqli ravishda Ruhobod maqbarasida kirish peshtoqlari yo‘qligi uning tashqi tomonini teng ahamiyatli qiladi. Tashqi pardoz ishlarida asosan pishgan g‘ishtdan foydalanilgan. Ichki pardozi ham ancha kamtaronadir.
Shayx dafn etilgan yili aniq noma’lum. Islom dinshunosi Abu Hafsa Najmiddin Umar «Qandiya» asarida Shayx Burhoniddin Sag‘arjiyning dafn etilishini X asrga to‘g‘ri keladi deb yozgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, shayx qabri Samarqandda 1287 yilda paydo bo‘lgan.
Biroq ko‘pchilik tarixchilar XIV asrning 40 yillarida Hindiston va Xitoyda bo‘lgan va “Sag‘arjiyni Pekinda musulmonlar missiyasining boshlig‘i” deb atagan mashhur arab tarixchisi va sayyohi Ibn Batuttaning guvohliklariga tayanib, shayx XIV asrning ikkinchi yarmida dafn etilganligini aytmoqda.
Burhoniddin Sag‘arjiy Xitoyni boshqargan Yuan sulolasi saroyida katta hurmatga ega bo‘lgan va hatto “xitoy malikasiga” uylangan edi.
Shayx Burhoniddin Sag‘arjiy Xitoyda vafot etgan.
O‘g‘li Abu Saidga uni Samarqandda dafn etishni vasiyat qilgan.