“Niqob biznesi”ni boshlagan noqonuniy tadbirkor aniqlandi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida Yunusobod tumanida fuqaro A.B. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan savdo ishlari bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi.

DSQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaro A.B. 4 turdagi 102 dona jami 3055000 so‘mlik kiyim-kechak mahsulotlari va tibbiy niqoblar savdosini yo‘lga qo‘ygan.

Davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy faoliyat yuritgan tadbirkorga savdo bilan shug‘ullanish uchun qonuniy tartibda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha tushunchalar berildi. Aks holda qonunchilikda belgilangan jazo choralari qo‘llanilishi tushuntirildi.