Noodatiy majburiy ijro: Kelinning sarpolari MIB orqali undirib berildi
- 06.08.2024 10:26
- 249
- Jamiyat
Urgutda kelishmovchilik sabab buzilgan oila boshqa-boshqa yashay boshlaydi. Oradan vaqt o‘tib kelin kuyovdan sepini qaytarib ololmagach, sudga murojaat qilgan.
Byuroning Urgut tuman bo‘limi ish yurutuviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining ajrimiga asosan da’vogar foydasiga javobgar – kuyov tomondan 33 turdagi mol-mulklarini olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Byuroning Urgut tuman bo‘limi davlat ijrochisi Shavkat Suyunboyevning ma’lum qilishicha, olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor da’vogarga tegishli mol-mulklarini qarshilik ko‘rsatmasdan topshirish aks holda majburiy ijro harakatlari olib borilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Shundan so‘ng undiruvchi ijro manzilga chaqirtirilib davo arizasida ko‘rsatilgan 33 turdagi mol-mulklarini olib berilishi ta’minlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa