Nukusdan samarqandlik shifokorlarga minnatdorchilik xati keldi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida farzandlarimiz Azim, Mehriyban, Jahongirlar poytaxtga - “Nukus-Toshkent” yo‘nalishida ketayotib, samarqandlik haydovchining e’tiborsizligi tufayli yo‘l-transport hodisasiga uchraydi.

Shu kuni turli darajadagi tan jarohatlari olgan farzandlarimiz Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Samarqand filialiga yotqiziladi. Ushbu tibbiy muassasada o‘z vaqtida kerakli tibbiy yordamlar ko‘rsatilib, ularning hayoti saqlab qolinadi. Shifoxonaning jonlantirish bo‘limi, 1-shoshilinch jarrohlik, travmatologiya bo‘limlarida barcha muolajalar amalga oshirilib, dori-darmonlar yetkazib beriladi.

Buning uchun filial direktori Baxtiyor Yangiyev, travmatologiya bo‘limi vrachi To‘lqin Jonuzoqov, 1-shoshilinch jarrohlik bo‘limi vrachlari Dilshod Po‘latov, To‘lqin Mansurov hamda hamshiralar, sanitariya xizmati xodimlaridan behad minnatdormiz.

Xalqimiz salomatligini asrash yo‘lida jonbozlik, fidoyilik ko‘rsatayotgan ushbu tibbiyot xodimlarining oilasiga tinchlik, mashaqqatli mehnatlariga baraka tilaymiz!

Maqset DOSNAZAROV,

Shukurjan YuSUPOVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri.