Nurobod tumaniga zamonaviy motokultivatorlar keltirildi

Nurobod tumani hokimligi, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Agrobank” tuman filiali va tumandagi tomorqa xizmatlari tashabbusi bilan  dala ishlarida tuman aholisiga zaruriy shart–sharoitlar yaratish, aholi tomorqalariga sabzavot va poliz ekinlarining yetishtirilishini ko‘paytirish maqsadida jo‘yak olish, yer haydash, yerni yumshatish kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan motokultivatorlar keltirildi.

Bugun keltirilgan dastlabki 12 ta motokultivatorlar o‘z egalariga topshirildi.

Bir dona motokultivatorning narxi 9 million so‘m. Motokultivatorlar mahallalardagi ishsiz aholiga 3 yil muddatga imtiyozli kredit asosida ajratilishi belgilangan.

Ushbu texnikalar hajm jihatdan kichik bo‘lsa-da, ish unumdorligi va bajaradigan ish turlari bilan ajralib turadi.

Motokultivatorlar kuchidan unumli foydalanishni aholiga o‘rgatish bo‘yicha hududlarda amaliy seminarlar tashkil etish belgilandi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.