Nurobodda barcha maktablar 14 sentyabrdan an’anaviy shaklda faoliyat boshlaydi. Bunga yetarli asos bormi?

Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasida shu masala muhokama qilindi.

Sessiyada tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri R.To‘rayevning qayd etishicha, Nurobod tumanida 76 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 75 tasi yangi o‘quv yiliga tayyor holga keltirilgan. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3,37 milliard so‘mlik mukammal qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 14 sentyabrga foydalanishga topshiriladi.

Tumandagi 51 ta maktab yoki 67,1 foizi ta’lim maskanida ta’lim 2 smenada tashkil etilgan. Joriy yilda tuman mahalliy byudjetidan ajratilgan 879 million 300 ming so‘m mablag‘ evaziga o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan 5 ta maktabda qo‘shimcha bino, 446 million 320 ming so‘m mablag‘ evaziga 5 ta maktab filiallari qurilgan.

Kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir yoqilg‘isi bilan isitiladigan barcha muassasalar uchun 978 tonna ko‘mir va briket ko‘mir yoqilg‘isi (100 foiz) ko‘mir yoqilg‘isi (100 %) bilan ta’minlangan. Jami 133 ming 428 dona darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar navbatma-navbat yetkazib berilmoqda.

Tumandagi barcha maktablarda dars jarayonlarini tashkil etish yuzasidan jadvallari hamda o‘quvchilar kirish-chiqish hamda harakatlanish sxemalari ishlab chiqilgan. Pedagoglarining COVID-19 virusini aniqlash bo‘yicha PZR testlarida 43 nafar xodimlarning natijasi musbat ekanligi aniqlanib, yetishmaydigan mutaxassislarni qoplash maqsadida tuman xalq ta’limi bo‘limi uslubchilarini jalb etish rejalashtirildi.

Maktablar 144 ta pirometr vositasi, 440 ta dozatorlar, 13535 litr antiseptik va kam ta’minlangan oila farzandlariga 133 ming 80 ta tibbiy niqoblarlar bilan ta’minlangan.

Quvvati va o‘quvchi sonidan kelib chiqib, maktablarga 56 nafar tuman xalq ta’limi bo‘limi, 6 nafar tuman hokimligi, 76 nafar tibbiyot xodimlari, 26 nafar SEO markazi, 37 nafardan ichki ishlar xodimlari va 37 nafar mahalla vakillari biriktirilgan.

O‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilish borasida 31 ming 817 (99 foiz) ota-onalar bilan o‘tkazilgan muloqotda 24 ming 799 ming nafari (77foiz) an’anaviy ta’lim shaklini, 7 ming 18 ming nafari (22 foiz) esa masofaviy ta’lim shaklini tanlagan.

Maktablar faoliyatlari tuman SEO markazlari tomonidan o‘rganilib, ijobiy xulosalar berilgan. Shunga asosan 2020 yil 14 sentyabrda barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarni ochish bo‘yicha tayyor holatga keltirilgan.

Sessiya ishida amalga oshirayotgan ishlar natijadorligi deputatlar tomonidan qoniqarli deb topilib, 14 sentyabrdan tumandagi barcha maktablarda an’anaviy shaklda darslar boshlanishini yoqlab ovoz berilgan.