Nurobodda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 108,9 foizni, eksport hajmi esa 141,4 foizni tashkil etdi

Nurobod tumanida 2020 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 146,8 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,9 foizni tashkil etdi.

Jumladan:

- qurilish-montaj ishlari hajmi 72,7 milliard so‘m, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,0 foizni;

- asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 236,3 milliard so‘m, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,0 foizni;

- chakana tovar aylanmasi hajmi 268,1 milliard so‘m, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,1 foizni;

- eksport hajmi 1,1 million AQSh dollari, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 141,4 foizni;

- import hajmi 28,7 million AQSh dollari, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,7 foizni;

- jami xizmatlar hajmi esa 214,8 milliard so‘m, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,0 foizni tashkil etdi.