Nurobodlik g‘allakorlar har gektar lalmi maydondan 12 sentnerdan hosil oldi
Avvalo, xushxabar: Nurobod tumani g‘allakorlari Samarqand viloyatida birinchilardan bo‘lib davlatga g‘alla sotish shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi. Qolaversa, dasht sharoitida, lalmi maydonda 10 sentnerdan oshirib hosil olish - jasorat!
Nurobodliklar buni uddalashdi.
To‘g‘ri, ob-havo qulay keldi, yog‘ingarchilik mo‘l bo‘ldi, ammo mehnat ham shunga yarasha kechdi.
Natijada 2010 gektar sug‘oriladigan, 19 ming gektar lalmi maydonda g‘allaning ertapishar va serhosil navlarini yetishtirgan nurobodliklar shartnomada belgilangan 9 ming 328 tonna o‘rniga 9 ming 452 tonna don o‘rib-yig‘ib oldi. Muhimi, yalpi hosil suvli maydonlarda o‘rtacha 51,1 sentnerni, lalmi maydonlarda 11-12 sentnerni tashkil etdi.
Viloyat hokimligi g‘alla yetishtirishda hissa qo‘shgan nurobodlik barcha fermer xo‘jaliklari rahbarlari va ishchilarga, g‘allakorlarga minnatdorlik bildiradi.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.