Nyu-Meksiko shtatidagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada o‘quvchi halok bo‘ldi
- 14.08.2021 11:02
- 43
- Xorij
Nyu-Meksiko shtatidagi Albukerke shahridagi o‘rta maktabda sodir bo‘lgan otishma natijasida bir o‘quvchi o‘ldirildi, dedi mahalliy politsiya boshlig‘i o‘rinbosari Kayl Xartsok matbuot anjumanida.
"Bizga Albukerke markazidagi Vashington maktabidan otishma yuzasidan qo‘ng‘iroq qilishdi. Tez orada ikki bola o‘rtasida mojaro tufayli otishma sodir bo‘lganini aniqladik. Ulardan biri ikkinchisini otgan. Otgan bola hibsga olingan, hozir tergov qilinmoqda. Afsuski, ulardan biri, 13 yoshli o‘quvchi vafot etdi”, dedi Xartsok.
Politsiya otishmaga nima sabab bo‘lgani va o‘smir qurolni qayerdan olganini aniqlamoqda.