OAV: Koinotdan olingan suratlar Xomayniy kosmodromidagi faollikni nazardan qochirmadi — Eron sun’iy yo‘ldosh uchirmoqchi
Eron o‘zining Imom Xomayniy kosmodromida kosmik parvozni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Associated Press shu kunlarda olingan sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib xabar bermoqda.
Planet Labs Inc tomonidan shanba kuni olingan sun’iy yo‘ldosh tasviri va Associated Press tomonidan olingan suratlar kosmodromdagi faollikdan guvohlik bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tasvirlarda shuningdek, odatda ishga tushirishdan oldin ob’yektda kuchaygan faollikning yana bir belgisi - ko‘plab avtomashinalar aks etgan. "Bu ishga tushirishdan oldingi an’anaviy faoliyatdir", degan Midlberi xalqaro tadqiqotlar instituti yadroviy qurollarni tarqatmaslikni o‘rganish bo‘yicha Jeyms Martin markazi eksperti Jeffri Lyuis.
Eron davlat axborot agentligi IRNA 5 dekabr kuni Eron kosmik dasturi doirasida to‘rtta yo‘ldosh uchishga tayyorligini ma’lum qildi. Xabarlarga ko‘ra, ulardan biri “tayyorlikning so‘nggi bosqichida”.
Mazkur ma’lumotlar Eron yadro dasturi atrofidagi keskinlik avj olgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.
2021 yilning aprelidan iyungacha Eron va bir qator jahon derjavalari Venada qo‘shma kompleks harakatlar rejasi (QKHR)ni tiklash maqsadida oltita muzokara o‘tkazishdi. QKHR bo‘yicha maslahatlashuvlarning yettinchi raundi bir necha oylik tanaffusdan so‘ng 29 noyabr kuni boshlandi va 3 dekabr kuni tomonlar kelishmovchiliklari tufayli muzokaralar to‘xtatildi.
Avvalroq ham Katta yettilik mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Eronni imkoniyat borida atom bo‘yicha kelishuv tuzishga chaqirgan edi.
O‘z navbatida Eron yadroviy qurolga intilmayotgani va uning sun’iy yo‘ldosh uchirishi, qolaversa raketa sinovlarida hech qanday harbiy komponent yo‘qligini muntazam ravishda bildirib kelmoqda.