OAV: Xitoydagi musulmonlar cho‘chqa go‘shti iste’mol qilishga majburlandi

Xitoy hukumati Duanu festivalida uyg‘ur musulmonlarini cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilishga majbur qildi.  O‘tkazilgan Umumjahon uyg‘ur kongressida shunday da’vo bilan chiqildi. Bu haqda Daily Maily agentligi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, uyg‘ur xalqi nishonlamaydigan bayramda ularning uylariga taqiqlangan taomlar keltirilgan. Shu bilan birga taomni iste’mol  qilishdan bosh tortganlar maxsus qayta tarbiyalash koloniyasiga yuborilgan.

“Bayramni nishonlashdan va keltirilgan taomlarni iste’mol qilishdan bosh tortganlarni hukumat Xitoy madaniyatini qabul qilmaslikda ayblab majburiy qayta tarbiyalash koloniyasiga yuborgan”, deya ta’kidladi Umumjahon uyg‘ur kongressi vakili Dixat Raksit.